Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PENSIYA VA NAFAQALARNING MIQDORLARI OSHIRILDI

×

 2022-05-10 12:42:59    73

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirishga qapatilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini inflyatsiya darajasiga qarab indeksatsiyalab borish hamda tegishli ijtimoiy to‘lovlar miqdorining minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidntining 2022 yil 29 aprel kungi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlapini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-128 sonli Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yyqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirildi.

2022 yil 1 maydan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pensiya hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 324 000 so‘m, yoshga doir eng kam pensiya mikdori - oyiga 633 000 so‘m, nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam mikdori - oyiga 698 000 so‘m, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori - oyiga 698 000 so‘m, 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda - oyiga 3 080 000 so‘m, belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 so‘mdan) 698 0000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori oyiga 698 000 so‘m etib, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorlarda belgilash maqsadida zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori - oyiga 500 000 so‘m, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda oyiga 500 000 so‘m, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori - oyiga 500 000 so‘m etib va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun -185 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi. Shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori oyiga 500 000 so‘m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanishi belgilandi.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan 2022 yil may oyi uchun pensiya va nafaqa oluvchilarning mablag‘lari mazkur Farmon talablariga asosan qayta hisoblanib, oshirilgan xolatda to‘lov qaydnomalariga kiritildi. 

Ushbu ezgu ishlarning barchasi, avvalo, xalqimizning farovonligini ko‘zlab amalga oshirilmoqda.   


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram