Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-05-06 21:52:54    103

PDF yuklash
Chop etish



“9-may xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inida Qo‘shtepa tumanida xalq ta’limi sohasini rivojlanishida uzoq yillar samarali mehnat qilgan o‘qituvchi va murabbiylarni xotirlash maqsadida xotira tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirok etib, xalq ta’limi sohasini rivojlanishida o‘zining munosib xissalarini qo‘shgan marhum ustozlarni xotirlab, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan fidoiy ustozlarni va tadbir ishtirokchilarini “9-may xotira va qadrlash” kuni bilan tabrikladi.

Farg‘ona viloyati hokimi X.X.Bozarov rahbarligida tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Fergana Global Infity” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilayotgan sanoat loyihalari bilan tanishildi. Viloyat hokimi X.X.Bozarov tomonidan loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirokida Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘ini Navro‘z ko‘chasi, 305-uyda yashovchi G’.Raxmatovning murojaati o‘rganildi. O’rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan muammolar belgilangan tartibda dastur asosida amalga oshirilishi yuzasidan tuman hokimi tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.




Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 6 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Tumanda yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugun Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 9 nafar yoshlar turli taklif va muammolar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan uchrashuvda ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hokimligida mas’ul rahbarlar ishtirokida Mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari tomonidan tumanda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida olib borilayotgan xatlov jarayonlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga xatlov jarayonlarini samarali tashkil etish hamda qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda soya ekini ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram