Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 210 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

×

 2022-05-06 20:25:38    120

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib, ushbu bayram sanasi arafasida oramizda o‘tgan va hayot bo‘lgan urush va mehnat faxriylari, front ortida mehnat qilgan otaxon va onaxonlar, keksa avlod vakillariga e’tibor va ularga e’zoz ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangan.

Qo‘shtepa tumanida ham ushbu sana munosabati bilan ta’lim muassasalarida uchrashuvlar, sport musobaqalari va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilib, mehnat faxriylari, pensionerlar holidan xabarlar olinib, ularga turli esdalik sovg‘alari ulashilmoqda.

Jumladan, Qo‘shtepa tumani shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivi xodimlari, Loyson mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi F.Umarov hamda MFYning mas’ul xodimlari bugun  ushbu mahallada yashovchi front orti mehnat faxriylarining xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.



Front orti mehnat faxriylari Loyson MFY Inoqlik ko‘chasida yashovchi M.Mirzaboyeva, Toshloq ko‘chasida yashovchi Q.Madaminovalarga 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tuman hokimining tashakkurnomasi topshirilib, esdalik sovg‘alar taqdim etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram