Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“INSON QADRI ULUG‘ – XOTIRA MUQADDAS” SHIORI OSTIDAGI BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI 

×

 2022-05-06 19:40:24    196

PDF yuklash
Chop etish





Qo‘shtepa tumanida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri “Inson qadri ulug‘ – xotira muqaddas” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Yosh avlodni ma’naviy tafakkurini rivojlantirish, milliy qadryatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakillantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda uzoq yillar davomida Xalq ta’limi tizimida foliyat yuritgan, hozirda qarilik gashtini surayotgan mehnat faxriylari xolidan xabar olindi. 











Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyev, Mahalla xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi xodimi N.Dexqonova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi” D.Yusupova hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.








Tadbir davomida tumanimizdagi maktablarga va mehnat faxriylari N.Mamadiyorov, M.Raxmatova, M.Soliyeva, D.G’ofurovalarning xonadonlariga tashrif uyushtirildi. Ularga tuman hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi. 














Uchrashuvda nuroniylar o‘zlarining ibratli hayot yo‘li haqida yoshlarga so‘zlab berdilar. Ular bugungi dorilomon kunlarimizga duo qilib, yurtimizdagi tinch va farovon hayot uchun shukronalar keltirdilar.

Mazkur tadbirlar Qo‘shtepa tumanida davom etmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram