Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPALIKLARGA YANA BIR QULAYLIK YARATILIB, YANGI “AGRO MARKAZ” ISHGA TUSHDI

×

 2022-05-06 17:25:56    177

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahallasida joylashgan “Zamondosh” oilaviy korxonasi ko‘p tarmoqli bo‘lib, yoshlar markazi, oziq-ovqat va xo‘jalik mollari do‘koni, milliy taomlar oshxonasi, tikuvchilik tsexi va fitnes klubi faoliyatlarini yo‘lga qo‘ygan. 




Shodilik MFYdagi hokim yordamchisi Ma’rifatxon Saidova va “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining Qo‘shtepa tumani filiali tashabbusi bilan “Zamondosh” oilaviy korxonasining faoliyat turi yana bittaga ko‘payib, “Agro markaz” o‘z faoliyatini boshladi.




Ushbu “Agro markaz” tomonidan tumandagi fermerlar, dehqon xo‘jaliklari, klasterlar va tomorqa yer egalari uchun keng ko‘lamdagi agro xizmatlar taqdim etilmoqda. Eng muhimi, tuman markazidagi ushbu markaz ularni uzog‘ini yaqin qilish va qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi. “Agro markaz”da arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, meneral o‘g‘it shuningdek, agro texnika vositalarini sotish yo‘lga qo‘yilgan. Markazda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar esa maxsus o‘quv kursalarini tamomlashdi.





Bugun ushbu “Agro markaz”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etishdi. Tadbirga yig‘ilganlar markaz faoliyati hamda u yerda mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram