Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN YURTIMIZ BO’YLAB UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O’TKAZILAMOQDA

×

 2022-04-30 11:05:03    90

PDF yuklash
Chop etish





O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida bugun yurtimiz bo‘ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Uy-joylar, ko‘chayu hovlilarini ozoda, saranjom holatda saqlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Garchi, hasharni o‘tkazishga oid farmoyish kuni kecha qabul qilingan bo‘lsa-da, chor-atrofga gul nihollari, turfa ko‘chatlar o‘tqazish, hamma yoqni chinnidek ozoda, fayzli holatga keltirish ishlari yurtimizning har bir go‘shasida allaqachon boshlanib ketgan.

O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, keng jamoatchilik ushbu savobli g‘oyaning tashabbuskoridir.











Bugun erta tongdan Qo‘shtepaliklar ham umumxalq xayriya hasharida ishtirok etish uchun astoydil bel bog‘lashdi. Hashar davomida tumandagi barcha mahallalar, axoli turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, qabristonlar, ziyoratgohlar, tartibga keltirilib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hashar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ehtiyojmand, ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joylarini yaxshilash va moddiy yordam ko‘rsatishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida o‘tkaziluvchi umumxalq xayriya hashari tumandoshlarimizning ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi bo‘lishiga shubha yo‘q.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram