Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 184 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-30 08:10:33    109

PDF yuklash
Chop etish



“Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov hamda sektor rahbarlari, shuningdek, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov va mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj 820 ta ehtiyojmand oilalarga muborak “Ramazon xayiti” munosabati bilan “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda yetkazib berish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirokida mahallalardagi tibbiy yordamga muhtoj hamda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ushbu oilalarga davolanish xarajatlari uchun xomiylik asosida pul mablag‘lari hamda “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.



Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarini aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 7 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari 25-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga muassasada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Sektor rahbari 13-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasasi bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman hokimining tashabbusi bilan saxovatpesha xomiylar tomonidan Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida “Temir daftar”ga kamta’minlangan va ehtiyojmand oila sifatida kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan salomat Zokirovaning yangidan zamonaviy ko‘rinishda qurib bitkazilgan yashash xonadoni tumandagi sektor rahbarlari ishtirokida topshirildi.

Tuman hududida joylashgan sanoat korxonalari hamda yo‘l yoqalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram