Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 226 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PREZIDENT FARMONLARI VA QARORLARI IJROSI AMALDA!

×

 2022-04-28 20:49:49    156

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish, barcha sohalarda tezkor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, bola tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va ko‘makka muxtoj oilalarni moddiy ta’minotini kuchaytirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator Farmon va qarorlari imzolandi.

Jumladan,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-son Farmoniga muvofiq 2021 yil 1 martdan boshlab  kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab borilishi, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etilishi, bunda ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanishi, yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilandi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi PF-74-son Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 apreldan boshlab mehnatga layoqatsiz fuqarolarga (3-gurux nogironlariga ta’luqli emas) beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 000 so‘mdan 622 000 so‘mgacha oshirildi, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning (o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklarni ro‘yxati mazkur farmonda ko‘rsatib o‘tilgan) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etildi. Bunda, parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 apreldagi PQ-74-son Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 maydan boshlab «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan to‘lanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga to‘lanadigan moddiy yordam pullari har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT «Xalq banki»ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkazilishi, AT «Xalq banki»ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi to‘lab beriladi. Bunda, AT «Xalq banki» zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larini ularning xohishlariga ko‘ra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatildi, barcha turdagi davlat pensiyalarini, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga o‘tkazish asosida hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdan voz kechiladi, 2022 yil 1 sentyabrga qadar harbiylashtirilgan tizim pensiyalarini hisoblash va ularning to‘lov hisob-kitoblari tizimini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi, Markaziy bank bilan birgalikda aholini bankomatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 2022 yilning 1 oktyabriga qadar xorijdan respublikasizga 1 800 ta bankomat olib kelinadi va hududlarga o‘rnatilishi ta’minlanadi. 2022 yil yakuniga qadar pensiya va nafaqa oluvchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida ularning mablag‘larini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasini ishlab chiqiladi.

Pensiya qonunchiligining mohiyati hamda tizimdagi o‘zgarishlar haqida aholi orasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini faoli davom ettirish, shu maqsadda joylarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazish, sohaga tegishli normativ-xuquqiy xujjatlar bilan tushuntirish olib borish, ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish vazifamizdir. Zero, ushbu ezgu ishlarning barchasi, avvalo, xalqimizning farovonligini ko‘zlab amalga oshirilmoqda.   


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram