Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 269 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-27 22:11:17    102

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



39-umumta’lim maktabida o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.




Tumandagi umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida Pedagogika kollejida “Kasblar festevali” o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirni tuman hokimi ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan aholini kasbga o‘qitish orqali doimiy bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan odilona siyosatlari to‘g‘risida takidlab, tadbir ishtirokchilarini taklif etilayotgan kasb-hunarlarni tanlashlari hamda malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.



Sektor rahbari hududlardagi sanoat korxonalari hamda yo‘l yoqalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumanda yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugun G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 11 nafar yoshlar turli taklif va muammolar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan uchrashuvda ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda zararkunanda xashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram