Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-26 20:27:02    157

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Muassasa bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman hududida joylashgan sanoat korxonalari hamda yo‘l yoqalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan sektor rahbari tomonidan mas’ul rahbarlarga olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yangiobod va Boboqum massivida yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarida oziq-ovqat hamda soya ekinlari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar mas’ul rahbarlar hamda hududda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarida oziq-ovqat hamda soya ekinlari ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda zararkunanda xashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram