Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 173 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KITOBXONLIK DAVOM ETADI

×

 2022-04-24 10:17:09    148

PDF yuklash
Chop etish





O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hokimining 2022 yil 12 aprel kungi 111/0149-sonli yig‘ilish bayonida Farg‘ona viloyatida 18-23 mart kunlari “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan edi. Bir hafta davomida viloyatimiz bo‘ylab, ma’naviyat va ma’rifat, ilmu fan, kitobx

onlik targ‘ib qilinib, chinakam kitobsevarlar sayligi aylanib ulgurdi. Hali savodi to‘la chiqmagan bolajonlardan tortib nuroniy keksalarimizgacha kitobxonlik davralarida, suhbatlarida faol ishtirok etishdi. Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri Qo‘shtepa tumani Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Qo‘shtepa tumani hokimligi, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyevlar rahbarligida, tuman IIB, tuman Axborot kutubxona markazi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida tashkil etildi. 











“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda viloya hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonov, ustoz jurnalist H. Karimova, “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovining 2018 yil g‘olibi Sh.Ismoilovalar ham ishtirok etishdi.




Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan aholini ayniqsa yosh avlodni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha olib borayotgan isloxotlariga to‘xtalib o‘tdi. 








Shundan so‘ng, tuman maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan go‘zal raqslar va dilrabo qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, Muhammad Yusuf qalamiga mansub umrboqiy she’rlar, mushoiralar kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbirda Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ham faol ishtirok etdilar. 











Tadbirda so‘z olgan mehmonlar bugun mamlakatimizda yaratilgan sharoitlar va ularga har birimizning mas’uliyatimiz haqida gapirib, bunga har bir xonadonni, har bir murg‘ak qalbni kitobga oshno etish orqali erishish lozimligini ta’kidladilar. Hafta davomida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovlari g‘oliblari e’tirof etildi va taqdirlandi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan tuman ma’naviyati va kitobxonligiga hissa qo‘shayotgan qo‘shtepaliklarga kitoblar sovg‘a qilindi. Bir hafta davom etgan “Kitobxonlik haftaligi” yakunlansa-da, kitobsevarlik har bir yurakka ko‘chib kirib ulgurdi. Zero, kitobxonlik davom etaveradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram