Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 235 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI AHOLIGA KO’MAKCHI

×

 2022-04-22 16:56:40    254

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, joriy yil 1 yanvar sanasidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari o‘z faoliyatlarini boshladi.

Qo‘shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari ish olib bormoqda. Mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari dastlab xonadonma-xonadon yurib, oilalarning real holatini o‘rganib chiqishdi.

Loyson mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Faxriddin Umarov tomonidan mahallada tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ichimlik suvi, eskirgan elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish, ko‘chalarni shag‘allashtirish, hunarmandchilik va tomorqachilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi yo‘nalishlarda reja asosida ish olib borilmoqda.



Loyson mahallasida turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik qilish uchun sharoit yetarli. Jumladan, issiqxona qurish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, tadbirkorlik va hunarmandlik bilan shug‘ullanish istagini bildirganlar talaygina. Hokim yordamchisi ular bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rgandi. Shundan so‘ng mahalladagi Dilkash ko‘chasi, 24-uyda yashovchi Shaxriyor Shukurullayev, Inoqlik ko‘chasi, 42-uyda yashovchi Ilxom Qobilov, Dilkash ko‘chasi, 69-uyda yashovchi Muhammadaziz Raxmonovlarga asalarichilikni rivojlantirish hamda oilaning daromadini oshirish maqsadida hokim yordamchisining tavsiyanomasiga asosan 36 oy muddatga, 15 million so‘mdan 20 million so‘mgacha kredit mablag‘i ajratildi.




Shuningdek, Mulkobod ko‘chasi 68-uyda yashovchi Xamroxon Mamasidiqovaga va YaTT Sharifa Otaboyevalarga hunarmandchilik yo‘nalishida, Dilkash ko‘chasi, 67-uyda yashovchi Ibroximjon Xo‘jarayimov va Mulkabod ko‘chasi, 76-uyda yashovchi Go‘yoxon Akbarovalarga chorvachilikni rivojlantirish, Toshloq ko‘chasi, 60-uyda yashovchi Feruza Bannopovaga parrandachilikni rivojlantirish hamda oilaning daromadini oshirish maqsadida hokim yordamchisining tavsiyanomasiga asosan imtiyozli kreditlar berildi.

Albatta, bundan maqsad mahalladagi ishsizlikni kamaytirish, fuqarolarni tomorqachilik, tadbirkorlikka jalb qilish va mahallada ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, qolaversa, oilaviy tadbikorlikni rivojlantirish orqali ularning daromadini oshirishdir.

Eng muhimi, hozirda bu fuqarolar mahalladagi hokim yordamchisining ko‘magi bilan o‘zlarining faoliyatlarini yo‘lga qo‘yib olishdi. Kimdir o‘z tomorqasida asalarichilik, chorvachilik va parrandachilik bilan yana kimdir hunarmandchilik bilan shug‘ullanmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram