Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RAMAZON SAXOVAT VA YAXSHILIK OYIDIR

×

 2022-04-21 15:31:39    147

PDF yuklash
Chop etish



Mana yurtimiz bo‘ylab muborak Ramazon oyi o‘zining barakotini taratib yuribdi. Bu oy juda ko‘p fazilatlarga egaligi bilan boshqa oylardan ajralib turadi. Bu oy ibodat oyi, bu oy Qur’on oyi, bu oy ro‘zadorlarga taom ulashash oyi, bu oy sahovat va mehr-muruvvat oyi hamdir. Zero, bu oyda ehson-saxovatlarni har qachongidan ko‘paytirish, bemor-nogironlarga yordam qo‘lini cho‘zish, muhtojlar holidan xabar olish fazilatli va savobli ishlardan sanaladi.

Ushbu muborak oyda Qo‘shtepa tumani bosh otinoyisi Muqaddamxon O’rmonova va tumanimizdagi 12 nafar otinoyilarning tashabbusi bilan mahzun ko‘ngillarga bir dam bo‘lsada iliqlik baxshida etilib, mehr-muruvvat, e’tiborga muhtoj kishilarga saxovat ko‘rsatilmoqda.




Muqaddamxon O’rmonova rahbarligidagi otinoyilar ramazon oyi boshlangandan buyon mahallalarda bo‘lib, bemor va yoshi ulug‘ insonlarning  xolidan xabar olishmoqda.

Hozirgacha hududlardagi 100 ortiq bemor-nogironlar, muhtojlar holidan xabar olindi. Bu hayrli ishlar otinoyilar tomonidan Hayit ayyomigacha va undan keyin ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram