Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JARAYON

×

 2022-04-21 13:46:27    104

PDF yuklash
Chop etish



1989 yil 21 oktyabrda O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi dunyo sahnida O’zbekiston degan davlat bor ekanligi, uning o‘z tili, o‘z e’tiqodi va o‘z tanlagan yo‘li borligini ko‘rsatib berdi. O’tgan yillar davomida barcha sohalarda bo‘lgani kabi mazkur sohada ham bir qator islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinyapti.

Prezidentimizning “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qo‘shtepa tumani hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova ishchi guruhi bilan hamkorlikda tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan ushbu qarorning ijrosi yuzasidan tibbiyot birlashmasida davlat tilida ish yuritish, tashqi yozuvlar va targ‘ibot vositalarining xolati o‘rganildi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram