Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 230 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KITOBXONLIK HAFTALIGI” QO’SHTEPADA DAVOM ETMOQDA

×

 2022-04-19 14:53:45    167

PDF yuklash
Chop etish



Ikki yildirki, hukumatning 2020 yil 14 dekabrdagi qarori bilan aprel oyida tashkil etilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” an’anaviy tadbirga aylanib, yildan yilga yangi qiyofa kasb etib bormoqda. Mamlakatimizda bu yilgi “Kitobxonlik haftaligi”ni 18-23 aprel kunlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Kuni kecha Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazida bir qator idora va muassasalar hamkorligida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi.





Bugun tuman hokimi Ilyosbek Novikov tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Tuman hokimligi, axborot kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘limi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir kitobxonlar uchun chinakam bayramga aylandi. 




Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishdilar. Yosh ijodkorlar ijod namunalaridan, kitobxonlar esa yod olgan she’r va g‘azallardan o‘qib berishdi.

Maktab o‘quvchilari hamda 40-sonli DMTT tarbiyalanuvchilarining “Parvoz” guruhi tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.  

Barchamizga ma’lumki, viloyat hokimligi yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida viloyatimizda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasida, shahar va tuman hokimlariga o‘z hududlaridagi kutubxonalarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash, kitob fondini boyitish, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlab borish vazifasi ham yuklatilgan.






Ushbu topshiriq ijrosi doirasida tuman hokimi Ilyosbek Novikov tuman axborot-kutubxona markaziga kitob jamlanmalarini taqdim qildi.



Shuningdek, yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kitobsevar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda faol kitobxonlar ham rag‘batlantirildi. Ularga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va kitob jamlanmalari topshirildi.  

23 aprelga qadar davom etadigan haftalik doirasida Qo‘shtepa tumanida taqdimot, muloqot, uchrashuv, davra suhbatlari va boshqa ko‘plab qiziqarli loyihalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram