Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 218 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

 “KITOBXONLIK HAFTALIGI” BOSHLANDI

×

 2022-04-18 15:28:44    120

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda kitobxonlar safini kengaytirish, yoshlarni kitob mutolaasiga undash va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xuddi shu maqsadda joriy yil 18-23 aprel kunlari mamlakatimizda “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bugun Qo‘shtepa tumanida ham “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi.

Xususan, Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan “Bolaga kitob bering” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham ishtirokchilarning kitobga qiziqishlarini yana bir karra orttirishga xizmat qildi.

Ushbu tadbir tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘limining rahbari D.G’aniyev, tuman axborot kutubxona markazi rahbari G’.Mo‘minovlar hamkorligida tashkil etildi. 




Yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kitobsevar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbir so‘ngida faol kitobxonlar rag‘batlantirildi. Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi ham tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram