Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 267 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-15 21:58:32    98

PDF yuklash
Chop etish



Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.




“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabr kungi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qarori”ga muvofiq ijara asosida Nurafshon mahallasi aholisiga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga aholiga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tadbirkor Xikmatillo Asqarov tomonidan Qiyqi mahalla fuqarola yig‘ini hududida tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishgan tuman rahbari, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida g‘alla o‘rim kombaynlarini ta’mirlashni yakunlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram