Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 208 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-14 09:25:17    113

PDF yuklash
Chop etish




Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabr kungi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq ijara asosida Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga aholiga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman rahbari 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Investitsiya” dasturi asosida qurilish va ta’mirlash ishlarini boshlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganib, mas’ul rahbarlarga qurilish ishlarini boshlash hamda sifatli bajarilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

13-umumta’lim maktabida o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.




Farg‘ona viloyati hokimligining 2022 yil 24 mart kungi “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 89/01-49-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, tumanda yoshlarni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iste’dodlarni ro‘yyobga chiqarish maqsadida tuman Madaniyat markazida “Yoshlar ovozi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarni takidlab, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.



Tuman rahbari “Zerofaks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xumdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Tuman hokimligida qishloq xo‘jaligi tashkilot rahbarlari hamda hudud agranomlari ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi masalalari” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram