Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MIB VA IJRO MASALALARIGA OID JUDA MUHIM YANGILIKLAR!

×

 2022-04-14 08:10:31    394

PDF yuklash
Chop etish



Bugun – 2022 yil 11 aprel kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-762-sonli qonun e’lon qilindi (https://lex.uz/pdfs/5952010) va kuchga kirdi.

Asosiy yangiliklardan biri “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangi qoidalar.

Masalan, Qonunga kiritilgan 8-2-modda, ayrim toifadagi hujjatlarni MIB organlariga taqdim etilguniga qadar ijro qilish masalasi. Soddaroq qilib aytganda, undiruvchi ijro hujjatini avval, ya’ni MIBdan oldin vakolatli davlat organiga yoki vakolatli mansabdor shaxsga (ya’ni, undirib berish imkoniga ega bo‘lgan shaxsga) yoki qarzdorning o‘ziga topshiradi. Misol uchun, qarzdor yuridik shaxsdan pul undirish haqida ijro varaqasi bo‘lsa, ijro hujjati uning hisob-varag‘i joylashgan bankka topshiriladi, ishga tiklash va ish haqi undirish masalasi bo‘lsa, ijro hujjati vakolatli ish beruvchiga topshiriladi, qarzdor davlat organi, davlat tashkiloti yoki mansabdor shaxsi bo‘lsa, ijro hujjati shu organ, tashkilot yoki mansabdorga topshiriladi.

Undiruvchidan ijro hujjatini qabul qilib olgan ushbu shaxslar ijro hujjatida boshqacha muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ijro hujjati taqdim etilgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, banklar esa keyingi ish kunidan kechiktirmay ijroni amalga oshiradi, ya’ni masalan, to‘lov qiladi.

Ishga tiklash haqidagi ijro hujjati qarzdor tomonidan bu hujjat taqdim etilgan kunning o‘zida o‘sha ish beruvchi tomonidan darhol ijro etiladi.

Eng qizig‘i, undiruvchi tomonidan taqdim etilgan ijro hujjatlari yuqoridagi muddatlarda ijro qilinmasa, undiruvchi ijro hujjatini MIBga topshiradi va shunda MIB ham majburiy ijroni amalga oshiradi, ham aybdor shaxslarni javobgarlikka (ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka) tortish chorasini ko‘radi. (8-2-modda.)

Yana bir yangilik ijro ishi yuritishning soddalashtirilgan tartibi (43-1, 43-2-moddalar). Bunday soddalashtirilgan ijro ishida davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinmaydi. Undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki joylashgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, masofadan turib amalga oshiriladi.

Bunda agar qarzdor ijrochi tomonidan yuborilgan xabarnomaga asosan 5 kun ichida qarzdorlikni ixtiyoriy bartaraf etmasa, ijrochi pullarni qarzdorning bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘laridan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan summalar bo‘yicha qarzdorning ish haqi, pensiyasi yoki stipendiyasi va shunga o‘xshash daromadlari hisobidan undirib oladi.

Soddalashtirilgan ijro ishlari qarzdor jismoniy shaxslardan ma’muriy jarimalarni, soliq va boj to‘lovlarini undirishda qo‘llaniladi. Faqat mana shu turdagi qarzdorliklar bo‘yicha, boshqalariga chalg‘imang.

Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram