Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMINING BAYRAM TABRIGI

 2022-04-11 16:19:05    187

PDF yuklash
Chop etish


Aziz  do‘stlar!

O‘lkamizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib keldi.

Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan barcha qo‘shtepaliklarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Siz azizlarga, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu baraka tilayman.

Shu qutlug‘ pallalarda butun yurtimizda Navro‘z bayrami nishonlanmoqda. O‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.

Hurmatli tumandoshlar!

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan qat’iy va odilona siyosat tufayli har bir fukaro o‘zi hoxlagan sohada mehnat qilib, oilasi bag‘rida farovon yashamoqda.

Inson erkinligi va baxtli turmush kechirishi kafolatlangan zamonda har bir fuqaro uchun shinam yashash sharoitiga ega bo‘lish imkoniyati yildan-yilga oshmokda. Bir so‘z bilan aytganda, harakat qilgan odam kunini ko‘rmokda, hech kimdan kam bo‘lmasdan umrguzaronlik qilmoqda.

Navro‘z kunlarida faqat yaxshiliklar hakida gapiriladi, Yaratgandan qut-baraka tilab, ishga kirishiladi. Navro‘zda bobo Quyosh hamal burjiga kiradi, kun va tun tenglashadi, havo ilib, daraxtlar gulga, kir-adirlar ko‘m-ko‘k libosga burkanadi. Piru badavlat otaxonu onaxonlarimiz esa shu kunlarda yurtimizga faqat baraka, omonlik so‘rab shukrona keltirmoqdalar.

Iloxim, bugungi farovonlik va to‘kin-sochinlikning bardavom bo‘lishini tilab chin dildan qilingan duolarimiz ijobat bo‘lsin.

Bugun biz yurtimizda mana Navro‘z ayyomini nishonlash barobarida, Yaratgandan butun dunyoda salomatlik, tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini so‘raymiz.

Navro‘zimiz har bir oila, bir xonadon, butun yurtimizga baxt-saodat olib kelsin.

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

I.Novikov,

Qo‘shtepa tumani hokimi.