Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN TARIXI

 2022-04-11 15:26:18    2855

PDF yuklash
Chop etish


QO‘SHTEPA TUMANI

Markazi “Langar” MFY

Tashkil topgan sanasi 16 aprel 1959-yil. (2010 yilda Qo‘shtepa nomi berilgan)

Umumiy maydoni, ming km2 0,368 ming km2

Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar yo‘q

Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni 51 ta

Qishloq aholi punktlari soni 62 ta

2021-yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni, ming kishi 197,1

Viloyat markazigacha bo‘lgan masofa, km 24.9 km

Chegaradosh tumanlar Yozyovon, Toshloq, Marg‘ilon, Oltiariq, Farg‘ona, Buvayda

Maktablar - 50 ta

Maktabgacha ta’lim muassasalari – 38 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta davlat-xususiy sherikchilik  asosidagi, 3 ta xususiy va 110 ta oilaviy bog‘chalar faoliyat olib bormoqda.

Sog‘liqni saqlash muassasalari – 3 ta poliklinika, 15 qishloq vrachlik amblyutoriyasi mavjud.

Masjidlar – 15 ta


Qo‘shtepa tumani – Farg‘ona viloyatidagi tuman. (1943-yilgacha Marg‘ilon tumani) Farg‘ona viloyatidagi tuman. Tumanimiz 1926 yilda tashkil etilgan. Keyinchalik tuman hududidan Toshloq, Yozyovon kabi yangi tumanlar ajralib chiqqan. Mustaqillik va istiqlol yillarida butun ona O‘zbekistonimiz kabi tumanimizda ham yangilanish va o‘zligini anglash sari katta qadamlar qo‘yildi. 2010 yilda Qo‘shtepa nomi berilgan.


Tabiati

Tuman Farg‘ona vodiysining markazida, Yozyovon cho‘lida  joylashgan, relyefi keng tekislikdan iborat. Shimoliy tomon pasayib boradi; daryo yoyilmalari va ularning oralig‘idagi pastliklar hamda Sirdaryoning qayir usti terrasasi, suvi qurib qolgan ko‘l botiqlari bilan soylarning o‘zanlari, qum barxanlari va tepalari uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiqroq, qishi sovuqror. Bahorda g‘arbdan shamol esib turadi. Yillik o‘rtacha temperaturasi 13,60, Iyulda o‘rtacha temperaturasi 270 eng yuqori temperaturasi 430, yanvarda o‘rtacha temperaturasi -2,20, eng past temperaturasi  -230. Vegetasiya davri 220 kun. Yillik yog‘in 110-130 mm. Tuman hududi orqali katta Farg‘ona kanali (27 km), Marg‘ilonsoy, Janubiy Farg‘ona kanali oqib o‘tadi. Tuman xududi Gidrogeologik o‘rinda joylashgan. Tevarak atrofdagi balandliklardan kelgan sizot suvlari va sug‘orishdan chiqqan oqava suvlar yer osti suvini ko‘paytiradi. Sizot suvi yuza (1-1,5 m). Yer ostidagi suvli qatlamlaridan suv artizyan qudig‘i orqali chiqarib olinmoqda. Tuman xudidining  katta qismini qisman sho‘rlashgan o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqlar, bazan sho‘r xok tuproqlar ishg‘ol qiladi. O‘tloqi tuproqlarda butun vegetasiya davrida namlik yetarli bo‘ladi. Janubiy qismida och bo‘z, sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi tuproqlar (chirindisi 2-4%) bor. Yovvoyi o‘simliklardan cherkez, qandim, selin, yulg‘un, qum tepalari oralig‘idagi tekisliklarda sho‘ra, lyossli – gilli yerlarda shuvoq, zovurlar ichida qamish o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, kemiruvchilar va sudraluvchilar bor.


Aholisi

Tumanda (2021-yil 1-iyul holatiga) 197100 dan ziyod aholi istiqomad qiladi. Bulardan 101400 nafari erkaklar, 95700 nafari esa ayollardan iborat. Ular 51 ta fuqorolar yig‘ini atrofiga uyushgandir. Tumanda o‘zbeklar bilan bir qatorda qirg‘izlar, tojiklar, ruslar, tatarlar kabi 10 ga yaqin millat vakillari og‘a-inilardek yashab, yurtimiz obodonchiligida ishtirok etib, boyligiga-boylik qo‘shmoqdalar.


Iqtisodiyoti

Tuman xo‘jaligi, asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Shirkat xo‘jaliklari paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, ipakchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Odatda mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatga olingan. Shulardan 74 tasi yirik korxonalar,  942 tasi kichik va o‘rta biznes korxonalari, bundan tashqari 649 ta fermer xo‘jaliklari, 379 ta dehqon, 218 ta bog‘dorchilik, 31 ta chorvachilikka yo‘naltirilgan fermer xo‘jaliklari bor.

Tumanda “Fergana global textile” MCHJ korxonasi, “Farg‘ona naslli parranda”, “MATLUBOTNON”, MTP, Qoraqushchi mexanika ta’mirlash, suvni qayta tozalash korxonalari, “Raskar-200”, “Yog‘du” singari kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatadi.

“Ismoiljon gilamlari” xususiy gilam to‘qish korxonasida 500-dan ziyod ayollar ish bilan ta’minlangan. Qishloq ayollari to‘qigan “Ismoiljon gilamlari” chet davlatlarga eksport qilinmoqda.

Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i – paxtachilik. Tumanda jami 24,6 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 11 ming ga yer maydoniga don, 11,02 ming ga yer maydoniga paxta ekiladi. 2,6 ming ga dan ortiq maydon poliz, ozuqa ekinlari, sabzavot, bog‘ va tokzorlar bilan band. 15 shirkat xo‘jaligi, yirik bo‘rdoqichilik korxonasi mavjud. O‘rmon xo‘jaligi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xo‘jaliklarida 25,8 ming qora mol, 25,5 mingga yaqin qo‘y, 311 ot, 176,7 mingga yaqin parranda boqiladi.


Markaziy madaniyat uyi, qishloqlarda ularning 2 ta filiali, 1 ta Axborot kutubxona markazi, 3 ta poliklinika, 15 qishloq vrachlik amblyutoriyasi mavjud.

Ommaviy axborot vositalaridan “Istiqbol yo‘li” tuman gazetasi 1943 yildan boshlab faoliyat olib boradi.