Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 242 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-09 20:32:59    111

PDF yuklash
Chop etish



Bugun tuman hokimligida hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbalari, hokim yordamchilari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabr kungi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq ijara asosida fuqarolarga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari ekilishini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tomonidan mas’ul rahbarlarga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlarini qisqa muddatlarda ekilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari 10-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududini obodonlashtirish hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



“Katta Farg‘ona kanali”ning Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi qismidagi aholi foydalanishida bo‘lgan ko‘prikni yangidan zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan tuman hokimi, pudratchi tashkilot rahbariga yangidan qurilayotgan ko‘prikni belgilangan me’yorlar asosida sifatli qurish hamda muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Tuman hokimi Xumdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “Istiqlol” sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib, mas’ul rahbarlar hamda loyiha tashabbuskorlariga loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram