Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 248 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI” KITOBINING TAQDIMOTI

×

 2022-04-09 19:38:20    211

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi 15-sonli musiqa va san’at maktabining ma’naviyat zalida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar o‘rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.  




Ushbu tadbirda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muxabbatxon Mo‘ydinova, faxriy jurnalist Xadichaxon Karimova, Farg‘ona politexnika institutining yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektori Mirzohid Botirov, katta o‘qituvchi Mirsaid Nuriddinov, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Bekzodjon Abduhalilov hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Professor o‘qituvchilar tomonidan ushbu kitobning yaratilish tarixi, unda belgilab berilgan 7 ta ustuvor vazifalarning mazmun va mohiyati, bugungi kundagi ahamiyati tushuntirib berildi.

Taqdimotdan so‘ng Farg‘ona Politexnika institutining yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektori Mirzohid Botirov o‘z ijodidagi vatan, ona, kitob haqidagi she’rlari bilan o‘rtoqlashdi.





Tadbir so‘ngida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash, faoliyati na’munali yo‘lga qo‘yilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ijodiy – madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandilar. G’oliblarga birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom hamda tuman hokimligining esdalik sovg‘alari, institut ma’muriyati tomonidan yuborilgan kitoblar topshirildi. 



Tadbir doirasida Farg‘ona Politexnika institutidan tashrif buyurgan professor o‘qituvchilar bilan hamkorlikda Qorakaltak mahallasidagi xonadonlarga ma’naviy homiylik asosidagi kitoblar sovg‘a qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram