Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#SEMINAR

×

 2022-04-09 17:15:11    184

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligida Fuqarolar yig‘inlari (oqsoqollar) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.



Seminarda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i va xodimlari, Fuqarolar yig‘inlari (oqsoqollari) sayloviga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi a’zolari, mahallalarda tashkil etilgan ishchi guruh raislari, kotiblari va a’zolari ishtirok etishdi.

Seminarda tuman hokimi Ilyosbek Novikov, shuningdek, Fuqarolar yig‘inlari (oqsoqollari) sayloviga ko‘maklashuvchi viloyat komissiya raisi Zokirjon Zoxidov, viloyat hokimligi huzuridagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish instituti rahbari Adxamjon Axmedovlar ham qatnashdi.





O’quv seminar davomida qatnashchilarga fuqarolar yig‘inlari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi. O’z navbatida ishtirokchilar ham savol-javoblar bilan faol ishtirok etishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram