Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIYQI MAHALLASIDA 32 NAFAR ISHSIZ FUQAROLARGA 10 SOTIXDAN YER MAYDONI AJRATIB BERILDI

×

 2022-04-08 21:11:16    224

PDF yuklash
Chop etish



Prezident qarori asosida mamlakatimizning barcha hududlarida fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar hisobidan fuqarolarga yer maydonlari ajratilyapti.

10 sotixdan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamdagi yerlar ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida berilmoqda. Bu imkoniyatdan asosan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolar foydalanmoqdalar.

Qo‘shtepa tumanidagi Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inida ham hokim yordamchisi B.Taniqulovning tashabbusi bilan 32 nafar fuqaroga 10 sotixdan 3,2 gektar yer maydoni ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida ajratib berildi. Ular mahallaning “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi, shuningdek, talabgor fuqarolardir.

Ayni kunlarda “Qo‘shtepa umidi” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan fuqarolarga berilgan 3,2 gektar yer maydonida kartoshka ekish ishlari olib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram