Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OCHIQ ESHIKLAR KUNI O’TKAZILDI

×

 2022-04-08 15:30:08    154

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.




Ochiq eshiklar kunida tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun yoshlarni kasb-hunarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida “Kasblar festivali”, kasb-hunar maktabi bitiruvchilarini va uyushmagan yoshlarni ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkasi, Davlatimiz rahbari ilgari surgan “Beshta tashabbus” doirasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida harbiylar ishtirokidagi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida, shu joyning o‘zida ishsiz yoshlarning 18 nafariga ishga va 13 nafariga kasbga o‘qitishga yo‘llanma berildi. 



Tumandagi hunarmandlar esa o‘zlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni namoyish etishdi. Qolaversa, kitob yarmakasi ham tashkil etildi. Shuningdek, tumandagi Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki va “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat banklarining xodimlari tomonidan tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarga kredit olish tartibi haqida tushunchalar berdilar.

Kasb-hunar maktabining o‘quvchilari esa o‘zlarining qo‘l mehnatlari bilan yaratgan ishlarini namoyish qildi. 






Tadbirga tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek mas’ul idoralarning rahbarlari ham tashrif buyurdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘z olib, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. Kasb-hunar maktabi bitiruvchilariga kasb-hunar o‘rganishda, kelajakda qaysidir sohaning egasi bo‘lishlarida muvaffaqiyat tiladi.







Ochiq eshiklar kuni sport va harbiy vatanparvarlik tadbirlari bilan davom etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram