Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-07 20:07:22    117

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



45-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman rahbari o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qamrov sonini oshirish maqsadida qo‘shimcha bino qurilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi “Loyson” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Sektor rahbari Qizilariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan futbol maydonida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sportning futbol turi bo‘yicha “O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi”ning tuman bosqichida ham ishtirok etdi.

Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazilib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram