Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-04-07 17:57:36    162

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Ko‘chamiz o‘nqir-cho‘nqirligidan taksi ham kirmayapti” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Sarmozor MFY Guliston ko‘chasidan yozmoqdamiz. Ko‘chamiz o‘nqir-cho‘nqir, tunov kuni taksi ham kirmadi. Uyimga yetvogunimcha paypog‘im ivib ketdi. Farzandlarim toyib-yiqilib ust-boshi shalabo bo‘ldi va maktabga ikki marta bormadi. Sababi maktab formasi 1 dona, xolos. Imkon bo‘lganda o‘zimiz shag‘al to‘kib tekislab olardik, ammo bunga ortiqcha mablag‘imiz yo‘q. Yo‘lsozlardan amaliy yordam so‘raymiz” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat yuzasidan Sarmozor mahallasidagi Guliston ko‘chasida 2022 yil aprel oyida shag‘allashtirish ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram