Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI: YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
2022-04-07 11:24:36 163
Qo‘shtepa tumanida yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, tuman hokimi I.Novikov Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Tuman rahbari avvalo yoshlarning muammolari bilan qiziqdi. Shundan so‘ng ochiq muloqot boshlandi.
Uchrashuv davomida 10 nafardan ziyod yoshlar turli taklif va muammolar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan uchrashuvda ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.