Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAODAT MANZILIGA TASHRIF
2022-04-06 17:02:17 175
2021 yildan Prezident qaroriga ko‘ra, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi.
Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi Sanobarxon Zokirova hamda Sohiba Aminovalar ham “Hayrli ishga kamarbasta bo‘lay, bolalarni men bag‘rimga bosay”,- deya uyini saodat manziliga aylantirdilar.
Viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida nihoyat ota-ona mehri atalmish oliy ne’matdan bahra olayotgan bolalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimligining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muxabbatxon Mo‘ydinova, respublika Ma’anaviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasi rahbari Dostonbek G’aniyev, Bolalarni himoya qilish Sho‘’basi bosh mutaxassisi Ismoiljon Isaqov, tuman ma’naviyat targ‘ibotchilar guruhi raisi Davlatxon Yusupova, tuman Xalq Deputatlari kengashi kotibiyati mudiri Boburjon Axmadjonovlar ham ishtirok etishdi.
Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan 60 nomdagi eng yangi, badiiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblar bolajonlarning kutubxonasiga taqdim etildi.
San’at va jurnalistikaga qiziqqan Ruslan bilan Safiyaga Ma’naviyat va marifat markazi tuman bo‘limi tomonidan “Yosh notiqlar maktabi” o‘quv kursi hamda San’at maktabiga bepul yo‘llanma taqdim etildi.
Tuman ma’naviyat targ‘ibotchilarining rahbari Davlatxon Yusupova bolalarning maktabdan bo‘sh vaqtlariga mazmun bag‘ishlash maqsadida hovli etagidagi bo‘sh turgan maydonda boqish uchun o‘rdak va tovuq jo‘jalarini sovg‘a qildi.
Albatta bu tashrifdan bolajonlar cheksiz mamnun bo‘lishdi. Sevinchi bir olam Baxtigul va Alina mehmonlarga o‘zlari yozgan she’rlaridan o‘qib berishdi.