Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“ONALAR YASHIL MAKON UCHUN!” UMUMMILLIY AKTSIYASI O‘TKAZILMOQDA
2022-04-06 15:57:18 230
Yurtimiz bo‘ylab “Onalar yashil makon uchun!” umummilliy aktsiyasi farovonlik va obodlik sari xayrli qadam sifatida o‘tkazilmoqda.
Aktsiya doirasida tabiatni asrash, farzandlarimizga ekomadaniyat tushunchasini singdirish bilan birga xotin-qizlar bandligi ta’minlanishiga erishilishi maqsad qilib olingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan 1 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.
“Onalar yashil makon uchun!” aktsiyasi mazkur xayrli loyiha doirasida o‘tkazilmoqda.
Aktsiya doirasida Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Dilzodaxon Olimova boshchiligida tumanda yashovchi xotin-qizlar ham faol qatnashmoqdalar. Xotin-qizlar tomonidan joylarda mevali va manzarali daraxtlar, qalamchalar, shuningdek, turli gul ko‘chatlari ekilmoqda.
Ushbu aktsiyada Yangi do‘kon mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qilarimiz faol ishtirok etishmoqda.
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘inida o‘ttiz ming tup terak qalamchasi ekish rejalashtirilgan.
Vatan, Kattaboltako‘l, Bo‘ston mahallalarida esa hamkorlikda va hamjixatlikda ish olib borilmoqda. Ushbu mahallalardagi xotin-qizlar tomonidan 200 ming tup terak qalamchalari ekildi.
“Onalar va xotin-qizlar yashil makon!” aktsiyasi tumanning 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inida davom etmoqda.