Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DXX RAISI KUBOGI UCHUN SPORTNING “MINI FUTBOL” TURI BO‘YICHA MUSOBAQALAR BOSHLANDI

×

 2022-04-04 21:52:38    162

PDF yuklash
Chop etish



Yoshlar – qudratli davlatimizning ertangi kuni, yangi O’zbekistonimizning poydevori sanaladi.

Zero, ularning sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi.

Shu ma’noda bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini hayotga joriy etishda Davlat xavfsizlik xizmati ham o‘zining sezilarli hissasini qo‘shib kelmoqda.

Xususan, bugun Qo‘shtepa tumanida “Yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Davlat xavsizlik xizmati raisi kubogi”ning tuman bosqichiga start berildi.



Ushbu tadbir Qizilariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan futbol maydonida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sektor rahbarlari va DXX Marg‘ilon shahar bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman hokimi Ilyosbek Novikov ochib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga berilayotgan e’tiborlari natijasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi tumanimizda ham aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinayotganligini takidlab, musoboqa ishtirokchilariga muvafaqqiyat tiladi.

Bu kabi sport tadbirlarini o‘tkazishdan maqsad uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib, ular orasidan iqtidorlilarini aniqlashdir. 

Bugun start berilgan musobaqada Qo‘shtepa tumanidagi mavjud mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyushgan va uyushmagan yoshlardan tarkib topgan jamoalar o‘rtasida qizg‘in baxs olib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram