Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 264 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISHSIZ OILALARGA YER BERILDI

×

 2022-04-04 11:57:53    98

PDF yuklash
Chop etish



Prezident qarori asosida mamlakatimizning barcha hududlarida fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar hisobidan fuqarolarga yer maydonlari ajratilyapti.

10 sotixdan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamdagi yerlar ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida berilmoqda. Bu imkoniyatdan asosan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolar foydalanmoqdalar.

Qo‘shtepa tumanidagi Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘inida ham 26 nafar fuqaroga 2,6 gektar yer maydoni ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida ajratib berildi. Ularning 3 nafari “Ayollar daftari”, 13 nafari “Yoshlar daftari”da turuvchi, shuningdek, 10 nafari talabgor fuqarolar bo‘lib, har biriga 10 sotixdan yer berildi. 



Ushbu fuqarolar bilan “Qo‘shtepa umidi” meva-sabzavotchilik klasteri o‘rtasida shartnoma tuzilib, kooperatsiya tuzilishi rejalashtirildi.

Ayni kunlarda “Qo‘shtepa umidi” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan fuqarolarga berilgan 2,6 gektar yer maydonida kartoshka ekish ishlari olib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram