Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/5856476779c756ba03abc.jpg)
2022-04-01 22:46:46 114
![](https://telegra.ph/file/5856476779c756ba03abc.jpg)
Bugun 1-sektor hududidagi Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman rahbari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ularni qiynab kelayotgan muammolar aniqlanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/a2d4625d587e3b43c7a9a.jpg)
Qabul davomida 9 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.