Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-03-30 21:35:16    107

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy video murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Qumtepa bozoridan murojaat yo‘llayapmiz. Yog‘ingarchilikda bozorga kirib bo‘lmaydi, chunki hammayoqni suv bosadi. Biz sotuvchilar, soliq va boshqa to‘lovlarni vaqtida to‘layapmiz, lekin bozor ma’muriyati sharoit qilib bermayapti. Oqibatda ko‘ngildagidek savdo qilolmayapmiz. Bozor ma’muriyatidan talab darajasida sharoit qilib berilishini so‘raymiz” – deya shikoyat qilingan. 

Qo‘shtepa tumani Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inidan yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Ushbu murojaat tuman hokimligi va sohaga dahldor mutaxassislar tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

Murojaatda tilga olingan “Dehqon bozori” orqasida joylashgan Matonat ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish ishlari “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram