Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANI HOKIMIGA YANGI O’RINBOSAR TAYINLANDI
2022-03-26 17:24:17 116
Olimova Dilzoda Yursunovna Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Dilzoda Olimova 1972 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
Dilzoda Olimova 1990 yili Qo‘shtepa tumanidagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi, 1990-1991 yillarda Qo‘shtepa tumanidagi 7-umumta’lim maktabida kutubxona mudirasi, 1991-2003 yillarda o‘qituvchi, 2003-2014 yillarda 7-umumta’lim maktabining direktori, 2014-2016 yillarda Qo‘shtepa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar Qo‘shtepa tumanidagi 7-umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlagan.