Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVRO’Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN QO’SHTEPA TUMANI HOKIMINING BAYRAM TABRIGI

×

 2022-03-20 09:22:15    115

PDF yuklash
Chop etish





Aziz yurtdoshlar, qadrli qo‘shtepaliklar!

O’lkamizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib keldi.

Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan barcha qo‘shtepaliklarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Siz azizlarga, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu baraka tilayman.

Shu qutlug‘ pallalarda butun yurtimizda Navro‘z bayrami nishonlanmoqda. O’zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.

Navro‘z kunlarida faqat yaxshiliklar haqida gapiriladi, Yaratgandan qut-baraka tilab, ishga kirishiladi. Navro‘zda bobo Quyosh hamal burjiga kiradi, kun va tun tenglashadi, havo ilib, daraxtlar gulga, qir-adirlar ko‘m-ko‘k libosga burkanadi. Piru badavlat otaxonu onaxonlarimiz esa shu kunlarda yurtimizga faqat baraka, omonlik so‘rab shukrona keltirmoqdalar.

Iloxim, bugungi farovonlik va to‘kin-sochinlikning bardavom bo‘lishini tilab chin dildan qilingan duolarimiz ijobat bo‘lsin.

Navro‘zimiz har bir oila, har bir xonadon, butun yurtimizga baxt-saodat olib kelsin.

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

I.Novikov,

Qo‘shtepa tumani hokimi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram