Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 186 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVRO‘Z BAYRAMI KENG NISHONLANMOQDA

×

 2022-03-20 08:29:14    102

PDF yuklash
Chop etish





Qo‘shtepa tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “FERGANA GLOBAL TEXTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashabbusi bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda jamoa uchun aziz va qadrli bo‘lgan fahriylar va ishchi-xodimlarga yangilanish “Navro‘z” bayrami munosabati bilan ehtirom ko‘rsatildi.

Bayram tadbirida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahblari ham ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar shu kunlarda kattayu kichik barcha yurtdoshlarimiz bag‘rini keng ochib, bahor, yosharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z ayyomini shodu xurramlik bilan kutib olayotganiga urg‘u berdilar. Navro‘z o‘z ruhi va g‘oyalari bilan har qaysi inson ona zaminning, tabiatning ajralmas uzviy qismi ekanini, tabiatning naqadar go‘zal ekanini his qilib, uni e’zozlab, hamnafas bo‘lib yashashga undashi bilan bizga qadrliligini ta’kidladilar.

Darhaqiqat, tadbirda 2022 yilning Navro‘zi hammamizga, barcha-barcha xonadonlarga, oilalarga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, fayzu baraka keltirsin! Orzu-niyatlarimiz ushalsin, O’zbekistonimiz yanada obod va farovon bo‘lsin! Degan tilaklar ko‘ngildan joy oldi.





Tadbir so‘ngida barchaga samimiy tilaklar bildirilib, bayram tuhfalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram