Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 189 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR YETAKCHILARIGA ZAMONAVIY KOMPYUTER JAMLANMALARI, BIR GURUH ISHSIZ YOSHLARGA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI

×

 2022-03-19 15:19:44    115

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi vakillari ish samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish maqsadida mahallalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yoshlar ishlari agentligi yetakchilariga zamonaviy kompyuter jamlanmalari hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj bir guruh ishsiz yoshlarga “Yoshlar jamg‘armasi” hisobidan subsidiya asosida ajratilgan mehnat qurollari topshirildi. 





“Madaniyat markazi”da bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ullari ishtirok etdilar.






Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng kompyuter jamlanmalari hamda mehnat qurollari o‘z egalariga topshirildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram