Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 189 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA BOLALAR BOG’CHASI YANA IKKITAGA KO’PAYDI

×

 2022-03-19 14:44:56    152

PDF yuklash
Chop etish





Bugun Istiqbol mahallasidagi 11-sonli maktabagcha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi.











Bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, mahalla faollari, shuningdek, MTBning mas’ullari ishtirok etdilar.

Navro‘z bayrami arafasida “Obod qishloq” dasturi asosida ushbu muassasaning ishga tushishi mahalladagi 200 nafar bolani maktabgacha ta’limga qamrab olish imkonini berdi.








Muassasa moslashtirilgan binoda 4 ta guruhda, 95 nafar tarbiyalanuvchilar bilan tumandagi 1-sonli maktabagcha ta’lim tashkiloti filiali binosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. 2021 yilda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufiga olinib, “Obod qishloq” davlat dasturi asosida “Qurilish ashyo sifat-servis” MChJ tomonidan 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi. Shuningdek, eski binosida ham qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Qurilish-tamirlash ishlariga 2 milliard  285 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Muassada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, intellektual salohiyatini yuksaltirish, har jihatdan yetuk va barkamol voyaga yetishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. 














Shuningdek, bayram arafasida Do‘rmon mahallasidagi 7-sonli maktabagcha ta’lim tashkilotida “Muhammad Umar byulding” MChJ tomonidan 120 o‘rinli o‘shimcha bino qurildi, eski binosida ham qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. 











“Obod qishloq” davlat dasturi asosida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga 3 milliard 504 million so‘m mablag‘ sarflanib, bugungi kunda 360 nafar bolalar ta’lim-tarbiya oladigan maskanga aylantirildi. Bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamonaviy mashg‘ulot xonasi, yotoqxona va oshxona mavjud. Shuningdek, rivojlantiruvchi markazlar jixozlari olib kelib, joylashtirildi. Mashg‘ulotlar jarayonida foydalanishlari uchun 45 turdagi tarqatma, ko‘rgazmali materiallar, plakatlar bilan ta’minlandi.

Yangi bog‘chalarning foydalanishga topshirilishi bolajonlar uchun chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram