Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

3-SEKTOR HUDUDIDA “YOSHLAR FESTIVALI” O’TKAZILDI

×

 2022-03-15 15:05:35    155

PDF yuklash
Chop etish





Bugun 3-sektor hududidagi Garmdon mahallasida “Yoshlar festivali” bo‘lib o‘tdi. Qo‘shtepa tumani Yoshlar ishlari agentligi va 3-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yoshlar yetakchilarining tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” yurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlandi.

Tadbirda Vatanparvar tashkiloti Farg‘ona viloyati Kengashi tasarrufidagi Qo‘shtepa tumani o‘quv sport texnik klubi a’zolari ham ishtirok etdilar.


















Yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musoboqalar, shuningdek, “Zakovat” intelektual o‘yinlari hamda sumalak sayli o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda tumandagi sektor rahbarlari hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.








Tadbir davomida tadbirkor va hunarmandlarning mahsulotlari, shuningdek, MTT xodimlarining qo‘l mehnatlari mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.








Sumalak sayli ham o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi. Mahallalardan tashrif buyurgan xotin-qizlar bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdilar. Ayollarimiz tomonidan ijro etilgan yor-yor va laparlar, kelinchaklarning kelin salomlari, san’atkorlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.  








Festival yakunida sektor rahbarlari ishtirokida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda sportchilarga kuboklar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram