Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 190 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UYUSHMAGAN YOSHLAR O’RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O’TKAZILDI

×

 2022-03-10 18:38:23    246

PDF yuklash
Chop etish



Kitob o‘qish, kishi aql zakovatini teran, tafakkurini keng qilgani kabi sport esa insonni jismonan chiniqtiradi hamda irodasini toplaydi. Yurtimizda yoshlar siyosati borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganligini joylarda o‘tkazilayotgan sport musoboqalarida ko‘rishmiz mumkin.

Qo‘shtepa tumanida ham mahallalardagi yoshlar ishlari agentligi yetakchilarining tashabbusi bilan uyushgan va uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. 



Bugun ham 4-sektor hududidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 

4-sektor hududidagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nisbatxonov hamda DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh. Xatamovlar ham ishtirok etdilar. 



100 nafardan ziyod yoshlar bellashgan mazkur tadbir yakuniga ko‘ra Yangiariq mahallasining uyushmagan yoshlari 1-o‘rinni, Qo‘rg‘oncha mahallasining uyushmagan yoshlari 2-o‘rinni hamda Fayz mahallasining uyushmagan yoshlari 3-o‘rinni egalashdi.

Musobaqa g‘oliblari Davlat soliq boshqarmasining esdalik sovg‘alari va Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram