Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E ’ L O N

×

 2022-03-10 10:52:30    133

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 mart kungi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, Qo‘shtepa tumanining 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida yangitdan joriy etilayotgan Xotin-qizlar faoli lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Lavozimga qo‘yiladigan asosiy talablar:

Oliy yoki xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida tajribaga ega o‘rta-maxsus ma’lumot; Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli, ijtimoiy siyosiy faol, yuksak ma’naviy-axloqiy xislatlar va boshqaruvchanlik qobiliyatiga, an’anaviy oilaviy qadriyatlarga hamda tadbirkorlik va biznesga oid bilim va tajribalarga ega lider xotin-qizlar; Kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi; Kompyuter dasturiy majmualarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari:

-xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimi yordamchisi bilan hamkorlik qilish;

-“Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko‘maklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;

-xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy axvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish.

Murojaat uchun telefonlar:

(99) 647-78-48

(99) 536-60-80

(99) 060-87-82

(91) 681-10-11