Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-03-09 19:53:53    93

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov hamda DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamovlar bugun tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, tuman hokimi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulolari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Qizilariq mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimligida qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun sabzavot va poliz ekinlarini joylashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalaridan qishloq xo‘jaligida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga sabzavot va poliz ekinlarini belgilangan reja asosida joylashtirish hamda suvdan oqilona foydalanish maqsadida suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram