Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA BAYRAM SHUKUHI (FOTO)

×

 2022-03-07 18:56:18    110

PDF yuklash
Chop etish





Yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi. Bu galgi bayram qo‘shtepalik ayollar uchun unutilmas bo‘ldi. Chunki bayram arafasida tuman Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Istiqlol” Madaniyat markazi foydalanishga topshirildi.











Zamonaviy va muhtasham ushbu Madaniyat markazining foydalanishga topshirilishi barcha xotin-qizlarimiz uchun chinakam ma’noda bayram sovg‘asi bo‘ldi.  











Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tumanimizda har bir sohada faoliyat olib borayotgan 400 dan ziyod faol xotin-qizlar, muhtarama onaxonlar ishtirok etdilar. 





Tuman hokimi Ilyosbek Novikov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

“Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini ta’minlash davlat siyosati darajasida ekanligi bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Bahorning ilk bayrami munosabati bilan tumanimizning dilbar, fidoyi va mehribon xotin-qizlariga shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Siz har jabhada ilg‘or, tashabbuskor, ibratlisiz.

Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilagan holda, yana bir-bor bahorning ilk bayrami 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman!” - deya tilak bildirdi tuman rahbari.





Shuningdek, tadbir davomida tuman hokimi Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar, ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tojixon Ergashevaga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirdi. 























Ilhom Ibrohimov, Otabek Muhammadzohid, Abdujalil Qo‘qonov, Bahodir Mamajonov kabi el ardog‘idagi taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga yanada ko‘tarinkilik ulashdi.











Bayram dasturi Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Shodiyona” to‘yxonasida davom ettirilib, ishtirokchilarga dasturxon yozildi.











Tadbir davomida sektor rahbarlari tomonidan bir guruh ayollarimizga tuman hokimligining bayram sovg‘alari topshirildi.














Tadbir ishtirokchilari uchun tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.

To‘kin dasturxon atrofida munis va mo‘’tabar ayollarimiz dildan suhbatlashib, yayrab dam oldilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram