Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 171 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-03-02 08:42:00    100

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.





Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 36-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya-gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hokimligida sektor rahbarlari, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida 2022 yilning o‘tgan davrida sektor rahbarlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvlarda yoshlar murojaatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuvlarda kelib tushgan har-bir murojaatni qonunda belgilangan tartibda ijobiy hal etishni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “An nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan don ma’sulotlarini qayta ishlash korxonasi tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tadbirkorga loyihani qisqa muddatlar amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sharbat bilan sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chigit ekish seyalkalari, g‘alla o‘rim kombaynlari hamda OVXlarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram