Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XUSH KELDING, O’LKAMGA BAHOR!
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/04883ec577a63a7c2425b.jpg)
2022-03-01 08:16:21 162
![](https://telegra.ph/file/04883ec577a63a7c2425b.jpg)
Bugun bahorning birinchi kuni.
Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi. Qir-adirlarda maysalar nish urib chiqa boshlaydi. Qish davomida uyquda bo‘lgan dov-daraxt shoxlarida yaproqlar kurtaklarni yorib, quyosh nurlariga talpinadi. Tabiat yashillikka burkanadi.
Bog‘-rog‘lar gullarga ko‘miladi. Qushlarning sayrashi qalblarga quvonch ulashadi.
Bahor – fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. Daraxtlar gulga burkanadi, qushlarning orombaxsh sasi olamni tutadi.
Tuproq hidini sog‘ingan bobodehqon ketmonini olib, dalasiga oshiqadi. Kim ko‘chat qadagan, kim yer chopgan, kim daraxt butagan. Boshqasi ariq qazigan. Barcha-barcha tiriklik tashvishlari bilan band.
Bahor – yangilanish, yasharish fasli!
Bu – go‘zallik, nafosat fasli!
Bahorning birinchi kuni barchangizga muborak bo‘lsin!