Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OILA MUQADDAS DARGOH” NOMLI MA'RIFIY TADBIR O’TKAZILDI

×

 2022-02-26 07:55:58    178

PDF yuklash
Chop etish



Viloyat hokimining 2022 yil 28 yanvar kungi “Farg‘ona viloyatida erta nikoh, oilaviy ajralishlarni oldini olish, notinch oilalarni yarashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida” gi 49-11-0-Q/22 sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil fevral oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalarini tahlil qilish, mavjud muammolar yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi “Omad” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish majmuasida “Oila muqaddas dargoh” deb nomlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 






Bayramona ruxda tashkil etilgan ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari tashrif buyurdilar. Shuningdek, viloyat Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi a’zolari X.Karimova, X.Komilova hamda masalaga daxldor bo‘lgan davlat va jamoat tashkiloti rahbarlari, tuman Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi a’zolari, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirishda faol bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, imom xatiblar, otinoyilar, tumandagi na’munali oilalar, na’munali qaynonalar, jamoatchilik yordamida yarashtirilib bugun baxtli yashayotgan oilalarning vakillari ishtirok etdilar.  







Tadbir davomida tumanda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish bilan birgalikda yarashtirish oyligida faol qatnashib natija ko‘rsatgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, imom xatiblar, otinoyilar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, na’munali oila vakillari, ibratli qaynonalar hamda jamoatchilik ko‘magida yarashtirilib bugun baxtli yashayotgan oila vakillariga ham tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tuman madaniyat uyi san’atkorlarining diltortar kuy va qo‘shiqlari esa tadbirga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram