Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTOR RAHBARLARINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

×

 2022-02-25 21:22:48    157

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida fuqarolar muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, aholini qiynayotgan masalalarni birgalikda hal etish maqsadida tuman sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasining hamkorlikdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. 







G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabulda 42 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarning 6 tasi joyida hal etildi, 5 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlarni esa o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram