Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR O’RTASIDA SPORT FESTEVALI O’TKAZILDI

×

 2022-02-24 23:23:27    116

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur qarorga asosan tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yoshlar orasidan tanlov asosida bilimli, tashabbuskor hamda tengdoshlarini o‘z ortidan ergashtira biladiganlari tanlov asosida Yoshlar yetakchilari lavozimiga tayinlandi. 




Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan tartib asosida joylarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan o‘z tengdoshlari bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni shakillantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun turli sport musoboqalari hamda madaniy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, bugun tuman Yoshlar ishlari agentligi va Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yoshlar yetakchisi E.Abduxamidovning tashabbusi bilan hududda joylashgan 8-umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida sport festivali o‘tkazildi. 




Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i A.S.Inomov, Ichki ishlar vazirligi ashulla va raqs ansambli rahbari U.Tillayev, Sharqiy harbiy okrugi qo‘mondonligi xodimlari, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov, tumandagi sektor rahbarlari hamda bir guruh taniqli sanatkorlar ishtirok etishdi. 





Mazkur festival davomida keng jamoatchilik ishtirokida “Sog‘lom hayot sari besh ming qadam” shiori ostida yurish marafoni, sportning futbol turi bo‘yicha “Hokim kubugi”, xotin-qizlar o‘rtasida sportning volebol turi bo‘yicha “Prokuror kubugi”, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intelektual o‘yini bo‘yicha “Ichki ishlar kubugi” hamda sportning stol tensi, shashka va shaxmat turlari bo‘yicha “Davlat soliq inspektsiyasi kubogi” o‘tkazildi. 





Festival yakunida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i A.S.Inomov, Ichki ishlar vazirligi ashulla va raqs ansambli rahbari U.Tillayev hamda sektor rahbarlari ishtirokida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda sportchilarga sektor rahbarlari kuboklari, diplomlar hamda tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida voyaga yetgan bir guruh yoshlarga sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolik pasportlari topshirildi.




Bundan tashqari tadbir davomida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham o‘tkazildi. Yarmarkada tumandagi 40 dan ziyod korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sube’ktlari 1291 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, yarmarkada ishtirok etgan ish izlovchi fuqarolarning 20 nafariga doimiy ishga joylashishlari hamda 51 nafar fuqarolarga kasb-hunarga o‘qishlari uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yo‘llanmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram